Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIO xodimlari va ayol o‘rtasidagi mojaroga izoh berildi

IIO xodimlari va ayol o‘rtasidagi mojaroga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari va ayol kishi o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Joriy yilning iyun-iyul oylarida Shayxontohur tumanidagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida fuqaro D.B. belgilanmagan joyda poliz mahsulotlarini sotayotganligi aniqlangan.

«Unga Chorsu bozori hududi ichidagi rastalarda savdo qilishi uchun joy taklif qilinib, noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsada, belgilanmagan joyda, ya’ni piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘lakda savdo qilishni davom ettirgan. Bu kabi belgilanmagan joylarda noqonuniy savdo qilinayotganligi holati yuzasidan shahrimiz aholisi tomonidan ko‘plab e’tirozlar tushmoqda», deyiladi IIBB xabarida.

Qayd etilishicha, 4 iyul kuni fuqaro D.B. ruxsat etilmagan joyda yana savdo qilayotganligi aniqlangan va hududda xizmat olib borayotgan PPX inspektorlari tomonidan belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan tushuntirish o‘tkazilganda, D.B. xodimlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, xodimlarni haqorat qilgan, natijada ular o‘rtasida o‘zaro mojaro yuzaga kelgan. D.B. yaqin oradagi IIBga olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

PPX xodimlari fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring