IIBB Toshkentdagi haydovchilar janjali bo‘yicha bayonot berdi

Joriy yilning 1-sentyabr kuni taxminan soat 15:45 da, «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi 34 yoshli B.N. va «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi 26 yoshli Sh.U. Aviasozlar va Qorasuv ko‘chalari kesishmasida mayda to‘qnashuv sodir etganligi oqibatida janjal yuzaga kelgan.
Natijada Cobalt» avtomashinasining yo‘lovchisi 36 yoshli B.N. tan-jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter