IIB xodimidan qochayotgan tilanchi ona va bolani mashina urib yubordi (video)
![IIB xodimidan qochayotgan tilanchi ona va bolani mashina urib yubordi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1687686843.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlaridan qochayotgan tilanchi ayollardan birini Spark urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 29 iyun kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB xodimlari Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasida tilanchilik qilib yurgan shaxslarni ichki ishlar bo‘limiga olib borishmoqchi bo‘lgan.
Biroq ushbu shaxslar xodimlardan qochmoqchi bo‘lib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan vaqtida, shu yo‘lda harakatlanib kelayotgan Spark haydovchisi ulardan birini turtib yuborgan.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter