Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB Xabar.uzda e’lon qilingan surishtiruvga rasmiy javob qaytardi

IIB Xabar.uzda e’lon qilingan surishtiruvga rasmiy javob qaytardi

Yong‘in sodir bo‘lgan hudud.

Foto: Xabar.uz

Kuni kecha nashrimizda «G‘ijduvondagi bozor nega yonib ketdi?» sarlavhasi ostida videolavhali surishtiruv e’lon qilingandi. 

Joriy yilning 7-yanvarida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida majmuasining «B» blokidagi savdo do‘konlarining 960 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Ikki qavatli majmua ichidagi 70 ga yaqin do‘kon va do‘konlardagi jihozlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak va parfyumeriya buyumlari yonib, zararlangandi. Yong‘in oqibatida ko‘plab tadbirkor va savdogarlarning mahsulotlari butkul yonib ketgan.

Maqolada ayrim tadbirkorlar majmua yonib ketishida baxtsiz hodisa omilini shubha ostiga olgandi. 

Buxoro viloyati IIB mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi. 

Aytilishicha, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek, yong‘in kelib chiqishi yuzasidan sudga oid komission-texnikaviy va sudga oid kimyoviy ekspertizalar tayinlangan. Bundan tashqari savdo majmuasida elektr uskunalar, qurilmalar va shitlarning qanday qurilgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tekshiruv tayinlandi.

Bugunga qadar savdo majmuasi rahbari, tadbirkor va nazoratchilar guvoh sifatida jalb etilib, jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar sifatida e’tirof etilgan. 

Tergov natijalari bo‘ycha OAVga rasmiy ma’lumot berilishi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring