Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligida lavozim o‘zgarishlari ro‘y berdi

Ichki ishlar vazirligida lavozim o‘zgarishlari ro‘y berdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqida IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

polkovnik Ma’rufjan Mannapovich Abdullayev - O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Miralisher Shavkatovich Mirkomilov - O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – moliya va moddiy texnika-ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Yodgor Jaloliddinovich Isabayev - Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Abduvoxid Madaminovich Imyaminov - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Isomiddin Baxriddinovich Ismanov - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Faxriddin Umarovich Rahmatov - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Kamoliddin Xaydarali o‘g‘li Akbarov - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Umid Saidaliyevich Utayev - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Farhod Faxritdinovich Xatamov - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring