Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Ichki ishlar vazirligida navbatdan tashqari hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov raisligida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yig‘ilishda prezident devoni mas’ul vakili, vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va vazirlik ta’lim muassasalari boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda kun tartibida tashkiliy masala ko‘rilib, prezident qaroriga ko‘ra tayinlangan ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari tanishtirildi.

Jumladan, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, vazirlik Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Mavlonov esa ichki ishlar vazirining Turizm va transport ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘z navbatida, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan polkovnik Ilhom Qutlimuratov tayinlandi. 

Shuningdek, Mirzoqul Mamatmusayev Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring