Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan Prezident Mirziyoyev Eronga boradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Tehron shahrida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter