Eron AQShning Yaqin Sharqdagi bazalari borasida ogohlantirdi

Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda agar AQSh Eronga hujum uyushtirsa, bunga javoban Yaqin Sharqdagi Amerika bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi.
«Bizga qarshi urush e’lon qilinadigan bo‘lsa, kuch bilan javob qaytaramiz, AQSh bazalari bizning nishonimiz bo‘ladi»,– dedi Nosirzoda.
Vazirning aytishicha, Eron qo‘shni davlatlarga dushmanlik kayfiyatida emas, biroq AQSh tomonidan zarba berilsa, aynan qo‘shni mamlakatlardagi harbiy ob’yektlar javob hujumiga uchrashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Eron va AQSh o‘rtasida yadroviy muzokaralar 12-apreldan beri davom etmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp mart oyida Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyni muzokaralarni boshlashga chaqirgan, biroq diplomatik yo‘l muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy chora ko‘rilishi mumkinligini ham eslatgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Eron o‘zining «Qassem Basir» nomli yangi ballistik raketasini ham namoyish qildi. Qattiq yonilg‘ida ishlovchi ushbu raketaning uchish masofasi 1200 kilometrni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter