Hukumatda qator rahbarlik lavozimlari va departamentlar tugatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
- O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek, ularning apparatlari (kotibiyat);
- Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti;
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish komplekslari, tarmoqlari va sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari tugatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter