Hokimlik Toshkent ko‘chalarini nega suv bosayotganini aytdi
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ko‘chalarini kuchli yomg‘irdan so‘ng suv bosayotganiga izoh berdi.
«Shu kunlarda kommunal va obodonlashtirish sohasi vakillarining asosiy kuchlari ariqlar va drenaj tizimlaridagi chiqindilarni chiqarishga va suv yo‘llarini ochishga qaratilgan.
Ushbu vaziyatning yagona sababi – chiqindilarning belgilangan joylarga emas, balki yo‘llarga va ariqlarga tashlab ketilishi.
Kelajakda bunday holatlar qaytarilmasligi uchun chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlashingizni, bu orqali, poytaxtimiz ozodaligiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz!», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq, Qashqadaryoning tog‘li hududlariga sel kelgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter