Hokim yordamchilari nimalarga mas’ul bo‘lishi aytildi
![Hokim yordamchilari nimalarga mas’ul bo‘lishi aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1213496768.jpg)
Avval xabar berilganidek, prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
«Har bir hududda saylovoldi uchrashuvlarida xalqimiz bilan birga katta-katta marralarni belgilab oldik.
Oldimizda turgan eng muhim vazifa — ushbu dasturlarni mahallagacha tushirib, ijrosini ta’minlash hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar shakllangan dastur loyihalari eskicha qolipda tayyorlangan va birortasida «ega-kesim» yo‘q, birorta viloyat hokimi buni o‘zidan o‘tkazmagan.
Shu bois, kelgusi yil berilayotgan mablag‘lar va yaratilayotgan imkoniyatlar mahallaning ehtiyojidan kelib belgilanadi.
Bunda mahallada ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish asosiy mezon bo‘ladi.
Bu ishlarni amalga oshirishga hokim yordamchilari mas’ul bo‘ladi», — dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.
Qayd etilishicha, kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko‘riladigan qator chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilingan:
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;
- paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
- meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;
- aholi bandligini ta’minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;
- aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.
Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter