Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hizbulloh» Isroil shimoliga «Katyusha» raketalarida hujum qildi

«Hizbulloh» Isroil shimoliga «Katyusha» raketalarida hujum qildi

Livanning «Hizbulloh» harakati Isroil shimolidagi harbiy bazaga «Katyusha» raketalari bilan hujum qildi.

Harakatning telegramdagi bayonotida qayd etilishicha, harbiy bazaga zarba Isroil tomonining Livan janubini o‘qqa tutishiga javoban amalga oshirilgan.

Bayonotda mamlakat shimolidagi Gatun kazarmasida joylashgan Isroil armiyasining 146-brigadasi «o‘nlab Katyusha raketalari bilan nishonga olingani» qayd etilgan.

Isroil tomoni Livanning janubidan Isroil shimolidagi Kabri hududiga 30 ta raketa otilganini, qurbon bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring