Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi PF-6063-sonli Farmoni bilan Turabov Bahodir To‘xtamishovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Turabov 1972-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
1994-yil Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000-yil Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007-yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
B.Turabov 2011-2015-yillarda Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Bosh boshqarma boshlig‘i vazifasida mehnat qilgan.
2015-2017-yillarda «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘’ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.
2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida rais o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
2019-yil sentyabrdan tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter