Hindistonlik kelin-kuyov suv ostida to‘y qilishdi (video)
Hindistonlik kelin-kuyov to‘ylarini 18 metr chuqurlikdagi suv ostida o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu haqda xorij matbuotlari xabar berdi.
Chennaylik juftlik V Chinnaduray va S Sveta dushanba kuni ertalab Nilangkaray sohillari yaqinida turmush qurishdi.
«To‘y an’analarga muvofiq, faqat suv ostida o‘tkazildi. Biz ertalabki xayrli vaqtda suvga sho‘ng‘idik, gulchambarlar almashdik va ruhoniyimizning ko‘rsatmasiga binoan ertalab soat 7:30 gacha talini bog‘ladik», — dedi kuyov Chinnaduray.
Svetaning aytishicha, to‘ydan atigi bir oy oldin suvga sho‘ng‘ish mashg‘ulotlariga qatnagan.
«Yonimizda sakkiz nafar g‘avvos bo‘lishiga qaramay, men ham, ota-onam ham rosa xavotirlandik. Bu nihoyatda hayajonli lahzalar edi», — deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter