Hindistondagi shifoxonaga yirtqich hayvon kirib qoldi (Video)
![Hindistondagi shifoxonaga yirtqich hayvon kirib qoldi (Video)](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3970083978.jpg)
Hindistonda Ayurveda klinikasiga kirib qolgan qoplonni tutishib, o‘rmonga qo‘yib yuborishdi, deya xabar berdi «UPI».
Mamlakat g‘arbida joylashgan Gandinagar o‘rmon xo‘jaligi departamentining xabariga ko‘ra, Ayurveda klinikasining xodimlar uchun mo‘ljallangan vanna xonasidan haqiqiy qoplon chiqqan.
Klinika xodimlari yirtqich hayvonni qamab qo‘yishga ulgurishgan. So‘ngra qutqaruvchilarni chaqirishgan.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, qoplonni tutishgach, shahar tashqarisiga olib chiqishgan va qo‘yib yuborishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter