Maymun telefonni o‘g‘irladi va bir quti sharbatga almashtirdi

Hindistonda maymunlar odamlarga tegishli buyumlarga tez-tez hujum qilishi yangilik emas.
Yaqinda yana o‘g‘irlik sodir bo‘ldi – bezori maymunlardan biri o‘tib ketayotgan odamdan Samsung telefonini tortib olib, qurilmani ko‘zdan kechirish uchun devorga joylashib o‘tirib oldi.Telefonidan ayrilgan yigit do‘stlari bilan pastda turgancha maymun bilan muzokara qilishga kirishdi. Ammo maymun telefonni sirayam qaytarish haqida o‘ylamasdi. Shunda telefonning egasi maymunga bir quti sharbat taklif qildi. «O‘g‘ri» sharbatni oldi va telefonni egasiga qaytardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter