Hindistonda bortida 191 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
«Air India» kompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti Hindiston aeroportida halokatga uchradi. Bu haqda «The Daily Mirror» xabar berdi.
Hodisa Toshkent vaqti bilan 20:15 da sodir bo‘lgan. Halokatga uchragan havo kemasi bortida 191 nafar inson bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, u Dubay — Kojikode (Keral shtatidagi shahar) reysi bo‘ylab harakatlangan.
Ta’kidlanishicha, samolyot qo‘nayotganda muvozanatini yo‘qotgan va uchish-qo‘nish yo‘lakchasi chegarasidan chiqib ketgan.
«News18» portalining xabariga ko‘ra, fojia oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. «NDTV» telekanali esa 30 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter