Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bosh vaziri Modining sahifasi xakerlar hujumiga uchradi

Hindiston bosh vaziri Modining sahifasi xakerlar hujumiga uchradi

Foto: Xabar.uz

Xakerlar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Twitterdagi sahifasini buzib kirishdi. Bu haqda bosh vazir idorasi rasmiylariga asoslanib Lenta ma’lum qildi.

Hindiston bosh vazirining vakillari voqea qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmagan, biroq hujumchilar sahifani «juda qisqa vaqt davomida» nazorat qilgani haqida xabar berishgan.

«Twitter» idorasi bundan xabardor etildi va sahifa darhol himoyalandi», — deyiladi xabarda. Bosh vazir idorasi, shuningdek, sahifani buzib kirilgan vaqt davomida e’lon qilingan «har qanday tvitlarga e’tibor bermaslik kerakligini» aytgan.

Twitter ma’lumot olinganidan so‘ng darhol akkaunt ustidan nazoratni tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘rganini ma’lum qilgan. Modining sahifasini buzish paytida Hindiston rasman bitkoinga qonuniy to‘lov vositasi maqomini bergani haqida tvit e’lon qilingan.

Shuningdek, mamlakat kriptovalyuta sotib olgani va uni fuqarolar orasida tarqatilishi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring