Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hashar qayerda va qanday o‘tkaziladi?

Hashar qayerda va qanday o‘tkaziladi?

Foto: «Xabar.uz»

Ertaga Iyd Ramazon munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab hashar o‘tkaziladi.

2018 yil 10 mayda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 349-son qarori e’lon qilingandi. Xo‘sh, ushbu hujjat orqali  hasharni o‘tkazish haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Qarorda belgilanishicha, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi, boshqa budjet va o‘zga tashkilotlar xodimlarini, talabalar va o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishning barcha holatlariga chek qo‘yiladi. Bu tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig‘ish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, boshqa turdagi ishlarga ham taalluqli.

Hashar faqat ixtiyoriy asosda o‘tkaziladi. Uning tashkilotchisi kimligiga qarab qo‘shimcha talablar belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlari e’tibor beradigan jihat! Hashar qatnashchilari ishlaydigan tashkilot hududining o‘zida, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga rioya etgan holda o‘tkaziladi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish joylarini tartibga keltirish bo‘yicha ishlar bajariladi. 

Qayerlarda hashar o‘tkazish taqiqlanadi?

Insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan  joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv ob’yektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari ham shular jumlasidan.

Fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llaniladi. Har bir holat bo‘yicha javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida tegishli axborot huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan ma’lum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring