Navro‘z bayrami va Ramazon oyi oldidan umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Hukumatning joriy yil 4-martdagi farmoyishiga asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2023-yil 11-mart kuni «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Bunda mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter