Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hashar va taqiqlar: qonun nima deydi?

Hashar va taqiqlar: qonun nima deydi?

Foto: Xabar.uz

Qonunchilikka ko‘ra, hasharlar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

- umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat Prezidentning tegishli hujjati yoki Hukumat qarori bo‘lganda;
- mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;
- jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros ob’yektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

Shuningdek, quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi:

- avtomobil yo‘llarida;
- harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalarda;
- suv ob’yektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalarda;
- qurilish maydonlarida;
- bino va inshootlar tomlarida;
- xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida;
- insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023 yil 11 martdan 18 martga ko‘chirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring