Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy ayollarni taqdirlash uchun yangi nishon ta’sis qilindi

Harbiy ayollarni taqdirlash uchun yangi nishon ta’sis qilindi

O‘zbekiston Prezidentining «To‘maris» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur ko‘krak nishoni O‘zbekiston mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, munosib hissa qo‘shayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan.

Davlat rahbarining qarori bilan «To‘maris» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom va «To‘maris» ko‘krak nishoni hamda uning guvohnomasi tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan «To‘maris» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.

«To‘maris» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘krak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirig‘iga muvofiq, boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring