Hakamni tepgan «Neftchi» futbolchisi ozodlikka chiqarildi
![Hakamni tepgan «Neftchi» futbolchisi ozodlikka chiqarildi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4165796513.jpg)
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi 20-turidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Turon» uchrashuvida hakamni tepgan «Neftchi» futbolchisi Jamshid To‘raqulov ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Farg‘ona klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jamshid To‘raqulov bilan birgalikda Farg‘ona klubining boshqa bir futbolchisi Doston Toshmatov ham 19-fevral, juma kuni sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.
«Farg‘onaning «Neftchi» klubi futbolchilari Jamshid To‘raqulov hamda Dostonbek Toshmatovlar 1 dekabrdan buyon hibsda edi.
Pro liga doirasidagi «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidan keyingi to‘polondan so‘ng muxlislar va futbolchilar hakamga tashlanishgandi. Shundan keyin bir qator muxlislar va «Neftchi» vakillari Jamshid To‘raqulov va Dostonbek Toshmatov hibsga olingandi. Bugun ularning barchasi ozodlikka chiqarildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter