Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovning otasi Qozog‘istondan yordam so‘radi

Habib Nurmagomedovning otasi Qozog‘istondan yordam so‘radi

Foto: «Mmaboxing.ru»

Dog‘istonlik (Rossiya) UFC chempioni Habib Nurmagomedov (28-0)ning otasi Abdulmannop Nurmagomedov, nima qilib bo‘lmasin, amerikalik Toni Fergyuson (25-3)ga qarshi bahorda o‘tkaziladigan jangda  o‘g‘lining yonida bo‘lmoqchi, deb yozadi «Sports.kz».

Ammo bu osonmas: katta Nurmagomedov viza so‘rab qilgan ko‘p karra murojaatlarga AQSh konsulxonasi rad javobini bergan. Boshqa umid qolmagach, u Qozog‘iston orqali hujjat topshirmoqchi.

«Viza olishga urinyapman. Hujjatlarni Qozog‘istonga yubordim. Chaqirishlari kerak. 22-sanada (dekabr) Olmaotada bo‘laman. Suhbatdan o‘tish umididaman», — dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

Nurmagomedov — Fergyuson jangi 2020-yilning 8-aprel kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilishi belgilangan. Ular oldin ham to‘rt marta o‘zaro jang qilishga urinib ko‘rishgan, ammo har safar jarohatlar pand berib, megafayt amalga oshmay qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring