Habib Nurmagomedov raqibini «uxlatib» qo‘ydi va ringda yig‘ladi (video)
Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da UFC 254 musobaqasining asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechdi.
Birinchi raund zarbalar almashinuvida kechgan bo‘lsa, ikkinchi raundda rossiyalik jangchi o‘zining asosiy qurolini ishga soldi va amerikalik raqibini oyoqlari bilan bo‘g‘ish uslubida ushlab, uni «uxlatib» qo‘ydi. Shu tarzda jang muddatidan oldin yakunlandi.
— UFC (@ufc) October 24, 2020
G‘alabasidan so‘ng Habib ringda o‘zini ko‘z yoshlardan tiya olmadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyulida Moskvadagi shifoxonalardan birida Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter