G‘uzorda 42 yoshli erkak jasadi topilgani yuzasidan prokuratura bayonot berdi
OAVda «G‘uzorda 42 yoshli erkak ko‘chadan o‘lik holda topildi. Marhumning yaqinlari uning o‘ldirilganini aytmoqda» nomli xabar chiqarilgan.
Mazkur vaziyatga Bosh prokuratura e’tibor qaratdi.
Xabarda ko‘rsatilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha ravishda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ustidan nazorat o‘rnatilgan
Natijasi haqida xabar qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura oldinroq Buxoroda 13 yoshli qiz bilan bog‘liq noxush holatga izoh bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter