Go‘sht ortidagi firibgarlik
12-sentyabr kuni 23 yoshli X.M. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berdi.
Arizaga ko‘ra joriy yilning iyun-iyul oylarida tanishi 31 yoshli F.E. undan 12 bosh qoramolni go‘sht hisobida jami 135 mln so‘mga baholagan. Pulini 2020-yil iyul oyi oxiriga qadar berishga va’da bergan. Biroq kelishilgan pulni hozirga qadar bermasdan kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Arizachi unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter