G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligini muddatidan avval tark etadi!
O‘tgan yilning 3-noyabrida Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressi o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti etib saylangandi.
Oradan bir necha oy o‘tib, G‘ofur Rahimov iste’fo berganini ma’lum qildi. AIBA rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda u so‘nggi vaqtlarda unga nisbatan uydirma, siyosiy bosimlar va tuhmatlar yog‘ilayotganini, o‘zini hech qachon boks rivojidan ustun qo‘ymasligini, shu sabab lavozimdan ketayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimovning AIBA prezidenti etib saylanishi sabab Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boksni olimpiya sport turlaridan chiqarish, AIBAni professional assotsiatsiya sifatida tan olmaslik choralarini qo‘llash bilan tahdid qilib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter