G‘ofur Rahimov yangi lavozimga saylandi
O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan va unda Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlangan.
Xabarga ko‘ra, hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti, tajribali mutaxassis G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident hamda Ziyovuddin Xojiniyozov vitse-prezident vazifalariga saylanishgan.
G‘ofur Rahimovni xalqaro faoliyati orqali eslash mumkin. U uzoq yillar davomida Xalqaro havaskorlar boks uyushmasining (AIBA) rahbari bo‘lib ishlagan. Uning davrida o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyati dovruq qozongan.
U 2018 yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan AIBA Kongressida 2022 yilgacha AIBA prezidenti etib qayta saylangandi. Biroq oradan bir necha oy o‘tib, G‘ofur Rahimov iste’fo bergan. AIBA rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda u so‘nggi vaqtlarda unga nisbatan uydirma, siyosiy bosimlar va tuhmatlar yog‘ilayotganini, o‘zini hech qachon boks rivojidan ustun qo‘ymasligini, shu sabab lavozimdan ketayotganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter