Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligi vakolatini to‘liq topshirdi

G‘ofur Rahimov  AIBA prezidentligi vakolatini to‘liq topshirdi

Foto:«Gazeta.uz»

Xalqaro boks uyushmasining (AIBA) rahbari,  G‘ofur Rahimovning tashkilot rahbarligi vakolatini topshirgani bo‘yicha bayonoti elon qilindi. 

Rahimov o‘z bayonotida tashkilotning eng muhim davrida boshqarish imkonini bergani uchun barchaga tashakkur bildirgan. 

U O‘tgan yilning 3-noyabrida Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressida 2022-yilgacha AIBA prezidenti etib saylangandi.

Oradan bir necha oy o‘tib, G‘ofur Rahimov iste’fo berganini ma’lum qildi. AIBA rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda u so‘nggi vaqtlarda unga nisbatan uydirma, siyosiy bosimlar va tuhmatlar yog‘ilayotganini, o‘zini hech qachon boks rivojidan ustun qo‘ymasligini, shu sabab lavozimdan ketayotganini aytgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring