Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global tashqi qarz bu yil rekord darajaga yetadi — ekspertlar

Global tashqi qarz bu yil rekord darajaga yetadi — ekspertlar

Koronavirus pandemiyasi tufayli global qarz shu yil oxiriga kelib rekord darajaga (277 trillion dollar — global yalpi ichki mahsulotning 365 foizi) yetadi. Ushbu ma’lumotlar Xalqaro moliya instituti hisobotida keltirilgan.

Qarz o‘tgan yilning oxiridan beri 15 trln. dollarga o‘sdi. Moliyaviy bo‘lmagan qarz 2019 yilda 194 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil 210 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzi ularning yalpi ichki mahsulotining qariyb 210 foizini tashkil etadi.

Mutaxassislar past foiz stavkalari tufayli dunyo bo‘ylab hukumatlar va korporatsiyalar tomonidan beriladigan kreditlar sonining ko‘payishini global qarz o‘sish sababi deb hisoblashmoqda. Shu munosabat bilan iqtisodchilar defolt xavfining oshganligini ta’kidlaydilar.

Avvalroq, iyul oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari dunyodagi barcha mamlakatlarning milliy qarzlari tarixda birinchi marta 2020 yil oxiriga qadar dunyo YaIMning 101,5 foiziga yetishini va ikkinchi jahon urushidan keyingi kabi rekord yangilashini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring