Chempionlikdan bankrotlikka bir qadam: otasining o‘limi Del Potroni mushkul ahvolga solib qo‘ydi
AQSh Ochiq chempionati (US Open) g‘olibi, argentinalik tennischi Xuan Martin del Potro bankrotlikka yaqin turibdi.
Jahonning sobiq uchinchi raketkasi o‘tgan yili otasining o‘limidan so‘ng yana bir og‘ir zarbaga uchradi: otasi juda katta qarzni «meros» qoldirib ketgan ekan — naq 30 million dollar...
Xuan Martin ulkan qarz yig‘ilib qolganini otasining o‘limidan so‘ng bildi va to‘lashga majbur bo‘ldi. O‘g‘il tennis o‘ynab pul topgan, ota (Daniel del Potro) moliyaviy ishlar bilan shug‘ullangan, ammo noto‘g‘ri sarmoya kiritib kuyib qolgan. Qarzlarni uzganidan so‘ng tennischining hisobida uch million dollardan ozroq pul qoldi.
Eslatib o‘tamiz, qatorasiga olingan jarohatlar sababli Del Potro so‘nggi yillarda tennis turnirlarida qatnasha olmayotgandi. 33 yoshli sportchi salomatligini tiklashda davom etyapti va katta tennisga qaytish umidini so‘ndirmagan. Shu yilning fevralida kortga qaytishi haqida xabarlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter