Global isish akulalarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin
Global isish akulalar populyasiyasiga tahdid solmoqda. Iqlim o‘zgarishi natijasida hali tuxumda bo‘lgan akula bolalari yirtqichlarga qarshi himoyasiz. Manchester universiteti olimlari xulolasi Phys.org saytida e’lon qilingan.
Tadqiqotchilar suv harorati ko‘tarilishi tufayli tuxum uzoq vaqt harakat qilolmay qotib qolishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Bu yosh akulalarni yirtqichlar va yirik baliqlarga qarshi ancha zaiflashtiradi. Suvni atigi besh darajaga qizdirish yirtqichlarga qarshi himoyalanishni yetti marta kamaytiradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, vaqtinchalik sovish hayvonlarning jon saqlab qolishlari uchun muhim jarayondir. Harorat nazorat qilinmasa, iqlim o‘zgarishi akula sonining keskin kamayishiga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter