Odamxo‘r akula qotil kitga yem bo‘ldi
Dengiz biologi Elison Tauner Janubiy Afrikaning Sharqiy Kap provinsiyasi plyajida oq akula jasadini topdi. Sal avval delfinni o‘lja qilgan akula keyinroq kasatkaga yem bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Odamlarga eng ko‘p hujum qilgani uchun oq akulalarni odamxo‘r akulalar ham deyishadi, kasatkalar esa qotil kitlar degan nom orttirgan.
Akulaga kasatka hujum qilganiga dalil — o‘ziga xos tish izlari, hali hazm bo‘lishga ulgurmagan delfin go‘shti esa akula ovchidan qurbonga aylanishi uchun hech qancha fursat o‘tmaganini anglatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter