Akula hujumidan yana bir ayol vafot etdi
Misrdan akula hujumi haqida yana bir fojiali xabar tarqaldi. Dengiz yirtqichining qurboni yana bir ayol kishi bo‘ldi. Xurgada kurorti yaqinidagi qirg‘oqda uning jasadi topilgan.
Rasmiylar qirg‘oqni vaqtincha yopishga qaror qildilar, bu hududda Qizil dengizda suzish qat’iyan man etildi. Keyingi uch kun davomida cho‘milish va hatto baliq ovlash ham taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni Avstriya fuqarosi bo‘lgan 68 yoshli ayolning o‘limi haqida ma’lum bo‘lgan edi. Akula unga jiddiy jarohat yetkazgan, jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilganiga qaramay, vafot etgandi.
Mutaxassislar hozirda akulalarning bunday agressiv xatti-harakati sabablarini o‘rganishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter