Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Okeanariumdagi kitsimon akula aslida robot ekan

Okeanariumdagi kitsimon akula aslida robot ekan

Foto: Shutterstock/FOTODOM

Xitoydagi okeanariumda minglab odamlar tomosha qilib ketgan kitsimon akula aslida robot bo‘lib chiqdi, deb xabar berdi Independent.

Shenchjendagi Xiaomeisha Sea World okeanariumi besh yillik qayta ta’mirdan so‘ng ishga tushdi. Barcha yoshdagilarda birday qiziqish uyg‘otgan akula okeanariumning asosiy yulduziga aylandi.

Bir haftada okeanariumga 100 mingga yaqin odam tashrif buyurdi, chipta narxi 40 dollar. Keyinroq o‘zlari tomosha qilgan «kitsimon akula» aslida robot ekanini bilgach, ko‘plarning hafsalasi pir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar tinmagach, okeanarium vakili javob berdi: robot-akulani yasashga millionlab dollar sarflangan, haqiqiy kitsimon akulalarni taqiqlovchi qonun tufayli shunday qilishga majbur bo‘lishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring