Germaniyada COVID-19ga chalingan bemorni davolashga qancha pul sarflanmoqda?
Germaniyada koronavirus infeksiyasi chaqirgan pnevmoniyani statsionar sharoitda davolash taxminan 10,7 ming yevroga tushadi. Ushbu ma’lumotlar COVID-19 bemorlari shifoxonada davolanganda ketadigan xarajatlarni hisoblab chiqqan sug‘urta kompaniyasi axborotida keltirilgan, deya xabar berdi «Deutsche Welle».
Shu bilan birga, agar tibbiyot xodimlari o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatidan foydalanmasa, muolaja 5 ming yevroga tushadi. Bordi-yu, ushbu texnikaga zarurat tug‘ilsa, narx-navo 38,5 ming yevroga ko‘tarilib ketadi. Bu haqda Germaniya davlat sug‘urta fondlari assotsiatsiyasi vakili ma’lum qilgan.
«Barmer» kompaniyasining ta’kidlashicha, o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatiga ulash shart bo‘lmasa, bemorni statsionar sharoitda davolashga 6,9 ming yevro sarflanadi. Agar qo‘shimcha tibbiy asbob-uskunalar muhim deb topilsa, xizmat narxi 31,7 ming yevroga ko‘tariladi.
Qayd etilishicha, o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparati kasallikka chalinganlarning 14 foiziga zarur bo‘lmoqda.
2020-yil 18-oktyabr soat 22:30 holatiga ko‘ra, Germaniyada jami koronavirusga chalinganlar soni 364 303 kishiga yetgan. 9860 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. 290 000 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter