Germaniya va Saudiya Arabistonida IT parkning sho‘’ba korxonalari ochiladi
Davlatimiz rahbari 2024 yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilishini e’lon qildi. Bunda:
- IT kompaniyalari hududlardagi bo‘sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;
- iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
- 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;
- eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bu maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning sho‘’ba korxonalarini ochadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter