Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya O‘zbekistonga 355 ming doza vaksina yuboradi

Germaniya O‘zbekistonga 355 ming doza vaksina yuboradi

O‘zbekiston va Tojikistonga Germaniya tomonidan koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi taqdim etiladi. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi rasmiy vakilining o‘rinbosari Ulrike Demmerga asoslanib  DW nashri ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mos ravishda Toshkent va Dushanbega 355,200 va 100,800 doza vaksinalar ajratiladi.

Shuningdek, Sudan (357,600), Efiopiya (271,200) va Afg‘oniston(213,600)ga ham vaksina yuboriladi. 

Germaniya COVAX dasturi doirasida yil oxirigacha 30 million dozani rivojlanayotgan mamlakatlarga beradi. Bu qaror 21-may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan Global sog‘liqni saqlash sammitida qabul qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring