Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AstraZeneca yillik daromadni 80 mlrd dollarga chiqarmoqchi

AstraZeneca yillik daromadni 80 mlrd dollarga chiqarmoqchi

Foto: TASS

Britaniyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi — AstraZeneca o‘z oldiga dadil maqsad qo‘ydi va 2030-yilda $80 mlrd daromadga chiqmoqchi.

Kompaniya o‘z maqsadiga saraton, juda kam uchraydigan hamda boshqa kasalliklarga qarshi 20 xil yangi dori 2030-yilga qadar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hisobiga erishmoqchi.

AstraZeneca bosh ijrochi direktori Paskal Sorio Kembrijdagi shtab-kvartira va laboratoriyalarda aksiyadorlarga ushbu rejalar haqida ma’lumot berdi. Aytilishicha, 20 ta yangi dorining 5 tasi onkologik kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular yiliga 5 mlrd dollargacha davromad keltirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring