Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya «britancha shtamm» sabab yana qattiq karantinga qaytmoqda

Fransiya «britancha shtamm» sabab yana qattiq karantinga qaytmoqda

Foto:«RT»

3-apreldan boshlab Fransiya bir oy muddatga yangi milliy karantinni joriy qiladi. Bu haqda prezident Emmanuel Makron televizion kanal orqali xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

Ilgari cheklovlar faqat 19 ta departamentda amal qilgan xolos.

«Bu virus tarqalishini sekinlashtirishning eng yaxshi usuli. Qarorni iloji boricha kechiktirish uchun qo‘limizdan kelganini qildik, ammo endi bu juda zarur. Hozirda intensiv terapiyada bo‘lgan bemorlarning 44 foizini 65 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi», - deya ta’kidladi Fransiya rahbari.

Mamlakatda nooziq-ovqat do‘konlari va restoranlar yopiladi. Soat 19: 00dan keyin komendantlik soati bo‘ladi. Eng yirik «Stad de Frans» stadionida keng miqyosli emlash markazi yaratiladi. Rasmiylar 20 million kishini koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda. Bu yozning o‘rtalariga qadar ommaviy immunitetga erishishga imkon beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring