Fransiya bo‘ylab tartibsizliklar tugagani e’lon qilindi
Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen butun respublika bo‘ylab tartibsizliklar tugaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Fransiya Senati matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda.
«Biz butun Fransiya bo‘ylab osoyishtalik qaytganini qayd etamiz», dedi vazir.
Shu bilan birga, Darmanen huquq-tartibot idoralari hamon safarbarlikni kuchaytirish rejimida ekanini qayd etdi.
Bungacha Fransiya bosh vaziri Elizabet Born avvalroq butun mamlakat bo‘ylab boshlangan tartibsizliklar bilan bog‘liq vaziyat deyarli butunlay normal holatga qaytganini aytdi.
Bir kun avval prezident Makron respublikada keng ko‘lamli tartibsizliklar cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qilgan.
Fransiyada norozilik namoyishlari 27-iyun kuni kechqurun Parij chekkasida 17 yoshli o‘smirning politsiya qo‘lida o‘limi topishi ortidan boshlangan. 29-iyunga o‘tar kechasi namoyishchilar mashinalarga o‘t qo‘ydi, do‘kon oynalarini sindirdi, politsiyachilarga hujum qildi va barrikadalar qurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter