Foto: Oloy bozori yaqinidagi «xavfli vaziyat»
Poytaxtimizdagi Oloy bozorining shundoqqina yonboshidagi ushbu daraxt oldidan jimgina o‘tib keta olmadik.
Qurib qolganiga ancha bo‘lgan daraxt negadir tegishli kishilar e’tiboridan chetda qolgan.
Afsuski, u joylashgan tor ko‘cha juda serqatnov, daqiqa sayin mashina qatnab turadi, insonlar o‘tadi. Agar tegishli chora ko‘rilmasa... Xullas davomini o‘zingiz taxmin qilsangiz kerak.
Ayrim hududlarda o‘nlab tirik va sersoya daraxtlar kesilayotganda, bunisining e’tibordan chetga qolganiga ajablanmay iloj yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter