Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Florida ilonlarga qarshi yeb tugatish usulini qo‘llamoqchi

Florida ilonlarga qarshi yeb tugatish usulini qo‘llamoqchi

Foto: «Nat-geo.ru»

Amerikaning Florida shtatida yo‘lbarssimon qora pitonlarning hujumiga qarshi qadimiy isbotlangan usul — dushmanni yeb tugatish usulini qo‘llashga qaror qilishdi.

Yovvoyi hayvonlar va baliq zaxiralarini muhofaza qilish komissiyasi Florida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda pitonlarni iste’mol qilishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Dastlab ilonlarning xavfsizligiga ishonch hosil qilish uchun piton go‘shtidagi simob miqdorini tekshirish kerak bo‘ladi.

Ilonlarga qarshi kurashishning qadimiy usuli — ularni yeb tugatish.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, pitonlar 1980-yillarda shtatga olib kelingan. Hozir ular nafaqat odamlar, balki mahalliy yovvoyi hayvonot dunyosiga ham xavf solmoqda. Floridada, hatto, pitonlarni ovlash va yo‘q qilish dasturi ham yo‘lga qo‘yilgan, deya xabar berdi CNN.

Donna Kalil — 473 ta pitonni tutgan birinchi ovchi ayol. Pitondagi simob darajasini tekshirgandan so‘ng u oq ilon go‘shtini iste’mol qila boshlagan. Uning aytishicha, ayniqsa, piton qoqisi mazali ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring