Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

Jizzaxda ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida videolavha tarqaldi.

Hodisa bo‘yicha Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan  sodir etilganligi  ma’lum bo‘ldi. 

Fuqaro bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 4,30,51,53-moddalari talablarini buzgan.

Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln.) miqdorida  jarima qo‘llanildi.

Shuningdek,  1 125 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring