Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda ushlangan 48 yashar shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Istanbulda ushlangan 48 yashar shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan,  1976-y.t. S.S. Musayev O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Deportatsiya 20-fevral kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotida amalga oshirilgan. 

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Avvalroq sakkiz yildan oshiq davomida qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbulda ushlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring