Filippindagi zilziladan keyin kamida 14 ta aftershok qayd etildi
Filippinda 6,6 magnitudali zilziladan keyin kamida 14 ta yer silkinishi qayd etildi. Ularning magnitudasi 3 dan 5,6 ballgacha bo‘lgan.
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, 2-dekabrdan beri sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Binolar yoki infratuzilmaga yetgan zararlar miqdori haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2-dekabr, shanba kuni Filippinda 7,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Shundan so‘ng, mamlakat janubi-sharqida, shuningdek, Yaponiyada sunami xavfi e’lon qilindi.
Bir kun avval Chili va Indoneziyada ham zilzilalar qayd etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter