FIDE prezidenti saylandi
Rossiyalik Arkadiy Dvorkovich Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentligiga qayta saylandi.
Saylov bugun, yakshanba kuni Hindistonning Chennay shahridagi bosh assambleyada bo‘lib o‘tdi.
Dvorkovichdan tashqari, FIDE prezidentligi uchun ukrainalik Andrey Barishpolets kurash olib bordi. Belaruslik Inalbek Sheripov va fransiyalik Baxar Kuatli o‘z nomzodlarini qaytarib olishgandi.
Bosh assambleyada 194 nafar delagat qatnashdi, ularning 157 nafari Dvorkovich uchun ovoz bergan.
Ma’lumot: Arkadiy Dvorkovich — 50 yoshda, 2018-yil oktyabridan buyon — FIDE rahbari. U boshqa bir rossiyalik — 1995 yildan beri tashkilotni boshqargan Kirsan Ilyumjinov o‘rniga prezident bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter