Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada velosipedlar ham jarima maydoniga joylashtirilmoqda

Farg‘onada velosipedlar ham jarima maydoniga joylashtirilmoqda

Illyustrativ foto.

Foto:«Xalq so‘zi»

Farg‘onada texnik holati talabga javob bermaydigan velosipedlar vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirilmoqda. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligi o‘z sahifasida xabar bergan. 
 
«Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida jami 635 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lsa, unda 150 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
 
Tahlillarga ko‘ra, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 29 foizi velosipedchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
 
2020-yilning 9 oyi davomida velosipedchilar ishtirokida 186 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ushbu hodisalarda 38 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 155 nafari esa turli darajadagi tan jarohati olgan.
 
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 20-oktyabridan 22 oktyabriga qadar 489 ta velosiped vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirilgan bo‘lsa, 13 nafar fuqaro mast holda velosipedda harakatlanganligi uchun tegishli tartibda chora ko‘rildi» - deyiladi xabarda.
 
Avvalroq, Farg‘onada jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni videofotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingandi. 
 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring