Farg‘onada uch nafar bola cho‘kib ketdi
Kecha, 5 iyun kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi fermer xujaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etishgan.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
«Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, ta’qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter